» » Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman

Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman


Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor The Mag jurnaliga bergan intervyusida o‘zbek tilida so‘zlashishni istashini aytdi.

“Bir nechta tillarni bilish, keng dunyoqarash — diplomat uchun zarur bo‘lgan sifatlar. Men tarix, iqtisodiyot, menejmentni o‘rganyapman. Tillarga kelsak, ko‘p ishlagan odam yangi tilni o‘rganishi qiyin. Shunga qaramay, o‘zbekcha gapirishni o‘rganishni juda xohlayman. Toshkentga kelganimda rus tili bo‘yicha bilimimni yaxshilash vazifasi ham turgandi. Maktab va universitetni bitirganimdan keyin bu tilda so‘lashmagan edim”, — dedi elchi.

“O‘zimni allaqachon o‘zbekcha gapirayotgandek qilib ko‘rsatish maqtanchoqlik bo‘lgan bo‘lardi. Asosiysi — kuniga o‘ntadan so‘z o‘rganish. Bu qoidaga albatta rioya qilishda davom etaman, chunki o‘zbek tili — chiroyli, boy til, u odamlarni yaxshiroq tushunishimga yordam beradi”, — deya ta’kidladi Violen de Vilmor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют