» » Germaniya Trampdan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni yo‘qqa chiqarmaslikni so‘radi

Germaniya Trampdan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni yo‘qqa chiqarmaslikni so‘radi


AQShning Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishi Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni keskinlashtirib yuboradi. Bu haqda Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

U Tehron kelishuv shartlariga to‘la amal qilayotganini ta’kidlab o‘tib, AQSh rahbari Donald Trampni kelishuvlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi.

“Shu kunlarda AQSh prezidentining Eron bo‘yicha kelishuvning kelajagi yuzasidan qaror qabul qilishi kutilmoqda, — dedi Gabriel. — Biz prezident Eron kelishuvni ijro etmayapti degan qarorga kelishidan xavfsirab turibmiz”.

Uning so‘zlariga qaraganda, rasmiy Berlin bu fikrni teskarisida sobit turibdi:

“Xalqaro tashkilot Eron majburiyatlarini bajarayotganini tekshirgan edi, va har safar MAGATE buni tasdiqlagan edi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют