» » Ekin maydonlaridan foydalanish tizimi takomillashtiriladi

Ekin maydonlaridan foydalanish tizimi takomillashtiriladi


Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Farmonga keltirilgan sharhalarda aytilishicha, sohada qator kamchiliklar bor. Jumladan, bundan besh yil oldin tashkil etilgan O‘zbekiston fermerlari kengashi fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi. Aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagan.

Farmonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi:

birinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. Xususan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga, shu jumladan Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;

ikkinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish. Ushbu yo‘nalishda mutasaddi tashkilotlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari hamda Oliy Majlis palatalari tomonidan yerlardan samarali foydalanish ustidan doimiy nazorat va monitoring olib boriladi;

uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish. Farmonda belgilangan vazifalarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmini yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar beriladi;

to‘rtinchidan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish. Mazkur yo‘nalishda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomini belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

beshinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yerlarini sug‘orish uchun doimiy ravishda yetarli miqdorlardagi suv bilan ta’minlash, agrofirmalar, tayyorlov tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilinadi;

oltinchidan, “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish. Xususan, ommaviy axborot vositalarida turkum teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar va bosma matbuotda chiqishlar, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etiladi. Joylarda esa keng tushuntirish ishlari olib boriladi;

yettinchidan, yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarining mehnat munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish. Fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yuzasidan bir qator amaliy choralar ko‘riladi, shu jumladan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari qoshida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют