» » Rossiya TIV vakili Pokemon Go o‘yinidan AQShga ta’sir uchun “foydalanilgani”ga munosabat bildirdi

Rossiya TIV vakili Pokemon Go o‘yinidan AQShga ta’sir uchun “foydalanilgani”ga munosabat bildirdi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova CNN telekanalining Rossiya Pokemon Go o‘yinidan AQSh siyosatiga ta’sir ko‘rsatish uchun foydalangani haqidagi da’vosiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

“CNN suyanadigan mantiqdan kelib chiqilsa, afro-amerikaliklar pokemonlar o‘ynab, o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildiradi. Telekanal zamonaviy Amerikada irqiy muammolar yuzaga kelishini shunday ahmoqona tarzda
izohladi. Yana ruslar … va ular tomonidan boshqariladigan pokemonlar aybdor”, —  kinoya qildi Zaxarova Facebookdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, CNN telekanali Rossiya ijtimoiy tarmoqlarda Don’t Shoot Us (“Bizni otmang”) kompaniyasini uyushtirgani, bu harakatlar afro-amerikaliklar orasida norozilik keltirib chiqarishi kutilganini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют