» » Shavkat Mirziyoyev Urganch — Xiva temir yo‘lining qurilish ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Urganch — Xiva temir yo‘lining qurilish ishlari bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27-yanvar kuni Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyatning turizm salohiyatini oshirish, buning uchun Xiva shahriga temir yo‘l olib kelish va elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Shunga muvofiq o‘tgan qisqa vaqtda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Urganch va Xiva o‘rtasida 33 kilometr temir yo‘l yotqizish, Xiva shahrida zamonaviy vokzal va zarur infratuzilma obyektlari barpo etish jadal davom etmoqda. Bu boradagi manzilli dastur asosida transport, mehmonxona, pochta, bank, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident Xiva shahridagi vokzalda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar bilan tanishdi.

Xorazmning turizm sohasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, sayyohlar uchun barcha sharoitni yaratish, mehmonxonalar va ko‘ngilochar maskanlarni qurishga sohaning tajribali vakillarini jalb etish zarurligini ta’kidladi. Ichan-qal’a atrofini obodonlashtirish, istirohat bog‘i barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют