» » Said Muxtorov 2016-yilgacha ruxsat berilmagan “Kulba” filmini premyera qiladi

Said Muxtorov 2016-yilgacha ruxsat berilmagan “Kulba” filmini premyera qiladi


“Dilshoh media” kino kompaniyasi buyurtmasi bilan rejissor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan “Kulba” filmining premyera kuni aniq bo‘ldi. Bu haqda film rejissori Said Muxtorov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Professional aktyor va aktrisalar jam bo‘lgan mazkur kartinaning premyerasi 27-oktabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida  bo‘lib o‘tadi.

Shu vaqtgacha “Kulba”  filmining g‘oyasi haqida o‘ylab yurardim, ammo 2016-yilgacha qariyalar uyida film suratga olish uchun ruxsatnoma ololmaganmiz. Bugunga qadar qariyalar uyida suratga olingan film yo‘q edi. “G‘ariblar” deb nomlangan spektaklni bilamiz, ammo butunlay qariyalar uyida suratga olingan birorta o‘zbek filmini bilmaymiz. “Kulba” filmi muxlislarning qalbidan chuqur joy egallagan “Faryod” filmi darajasidagi filmdir.

Said Muxtorov, rejissor va aktyor

Filmni suratga olish jarayonlaridan premyeraga qadar bir yildan ortiqroq vaqt sarflangan.

Filmda O‘zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibragimova, O‘zbekiston san’at arbobi Isamat Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muhtorova, Fathulla Mas’udov hamda  boshqalar rol ijro qilgan.

Ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, operator Tal’at Mansurov, prodyuser Mahmud Erkabayevlardir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 14:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют