» » Moskvada o‘zbekistonlik sartaroshni o‘ldirgan shaxs ushlandi. U muqaddam sudlangan retsidivist bo‘lib chiqdi

Moskvada o‘zbekistonlik sartaroshni o‘ldirgan shaxs ushlandi. U muqaddam sudlangan retsidivist bo‘lib chiqdi


Moskva politsiyasi xodimlari o‘zbekistonlik sartaroshni ko‘chada o‘ldirib ketgan qotilni ushladi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Ilgari xabar qilinganidek, soch turmagi bahonasida janjal ko‘targan jinoyatchi o‘zbekistonlik 24 yoshli Doston Odilxonovni six bilan o‘ldirgan.

Qotillikda gumondor Kirov tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli Pavel ismli shaxs bo‘lib, u muqaddam sudlangan.

Qotillik aks etgan videoni sartaroshning Anton Belyakov ismli mijozi internetga joylashtirdi. U 24 yoshli o‘zbekistonlikning professional sartarosh bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Doston Odilxonov oiladagi yagona farzand edi. Rossiyada uning qarindoshlari yo‘q edi. Dostonning eski mijozlari uning tanasini yurtiga qaytarish uchun pul to‘plamoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют