» » Ramzan Qodirov Samarqand va Buxoroga ham boradi

Ramzan Qodirov Samarqand va Buxoroga ham boradi


O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Samarqand va Buxoroda ham bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Checheniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshchiligidagi delegatsiya 16-oktabr kuni Toshkentga keldi. Ramzan Qodirov shahardagi “Ko‘kcha” masjidida bo‘ldi, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi (foto)

Bundan tashqari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Bu oliygohda 1982—1986-yillarda uning otasi — Ahmad Qodirov tahsil olgan.

Mavzuga doir: Foto: Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Toshkent islom institutida bo‘ldi

Shuningdek, Ramzan Qodirov 16-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Suhbat davomida u mazkur tashrifni tashkil etgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют