» » Google kompaniyasi Google Maps dasturiga sayyoralar va ularning yo‘ldoshlarini ham qo‘shdi

Google kompaniyasi Google Maps dasturiga sayyoralar va ularning yo‘ldoshlarini ham qo‘shdi


Google kompaniyasi Google Maps dasturining yangilangan versiyasini taqdim etdi, endilikda foydalanuvchilar Quyosh tizimidagi sayyoralarga va ularning yo‘ldoshlariga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning blogiga asoslanib, TJournal xabar berdi.

Google Maps’da umumiy miqdorda 16 ta osmon jismi mavjud: Merkuriy, Venera, Yer, Oy, Mars, Serera mitti sayyorasi, Pluton, Yupiter yo‘ldoshlari — Io, Yevropa va Ganimed, Saturn yo‘ldoshlari — Mimas, Enselad, Diona, Reya, Titan va Yaped.

Sayyoralar hamda yo‘ldoshlar yuzasida ularda joylashgan obyektlar nomi ko‘rsatilgan. Ularning ustiga bosib obyektning aniq koordinatalari hamda nomining kelib chiqishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Kompaniya blogida ta’kidlanishicha, xaritani yaratishda Cassini zondi tomonidan olingan suratlardan foydalanilgan. Shuningdek, xaritani yaratishda astronomik rassom Born Yonsson ham ishtirok etgan.

Shu bilan birga, xaritada 2017-yilning iyulida Google Street View’da paydo bo‘lgan Xalqaro kosmik stansiya suratlari ham mavjud.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют