» » Pyotr Poroshenko Kiyevdagi namoyishchilarga Radani egallashga urinish vaqtida halok bo‘lganlar haqida eslatdi

Pyotr Poroshenko Kiyevdagi namoyishchilarga Radani egallashga urinish vaqtida halok bo‘lganlar haqida eslatdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Oliy Radasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazayotgan Mixail Saakashvili tarafdorlaridan namoyishning tinch o‘tishini ta’minlashni so‘radi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Ayni vaqtda, prezident 2015-yili Oliy Radani shturm bilan egallab olishga urinish vaqtida qayd etilgan qurbonlar haqida ham eslatib o‘tdi.

“Men mazkur namoyishni tushunaman va uning ishtirokchilariga hurmat bilan munosabatda bo‘laman. Men uning tinch o‘tishini talab qilaman… Mas’uliyatsiz siyosatchilar 2015-yil 31-avgustidagi kabi to‘rt milliy gvardiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan fojiali voqealarni takrorlashiga hech qanaqasiga yo‘l qo‘ymaslik darkor”, — dedi Poroshenko Kiyevda Malta prezidenti bilan uchrashuv vaqtida.

Ukraina prezidenti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va aksiya ishtirokchilarini xavfsizlikni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

17-oktabr kuni Ukraina parlamenti binosi oldida Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili va uning tarafdorlari aksilkorrupsiya namoyishini o‘tkazmoqda. Saakashvili namoyish davomida prezident Pyotr Poroshenko iste’fosini talab qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют