» » Kseniya Sobchak Aleksey Navalniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda prezidentlikka nomzod bo‘lishdan voz kechadi

Kseniya Sobchak Aleksey Navalniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda prezidentlikka nomzod bo‘lishdan voz kechadi


2018-yili o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgan rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilsa, saylovda ishtirok etish fikridan qaytishini bildirdi. Bu haqda Sobchak xonim “Dojd” telekanali efirida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Aleksey Navalniy 2016-yil dekabridayoq prezidentlikka harakat qilishini bildirgan edi. Ammo mamlakat markaziy saylov komissiyasi siyosatchi sudlangani bois saylovda ishtirok eta olmasligini bildirdi.

“Kirovles” ishida davlat mulkini talon-toroj qilishda ayblanib shartli muddat olgan Navalniy 2028-yilgi prezident saylovida ishtirok eta oladi, ma’lum qildi MSK raisi Ella Pamfilova 17-oktabr kuni.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют