» » Sobchak Putin uning saylovda qatnashish niyatiga qanday munosabat bildirgani haqida gapirib berdi

Sobchak Putin uning saylovda qatnashish niyatiga qanday munosabat bildirgani haqida gapirib berdi


2018-yilgi prezident saylovida qatnashish niyatini bildirgan rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak ushbu niyati haqida prezident Vladimir Putinga ham gapirib berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, ular bu masalani teleboshlovchi Putindan o‘z otasi Anatoliy Sobchak haqidagi film uchun intervyu olayotgan vaqtida muhokama qilgan.

“U har bir inson o‘z qarorlarini qabul qilishga haqli ekanligini va ular uchun javobgar bo‘lishi kerakligini aytdi. Unga men aytgan narsa yoqqanini his qilmadim. U mana shu bir og‘iz gapni aytdi-yu, onamning salomatligini haqida so‘rashni boshladi”, — dedi Sobchak.

Sobchak qo‘shimcha qilishicha, Putinning reaksiyasini “juda yaqindan bilmasa-da”, “bu unga yoqmagandek bo‘lib ko‘ringan”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют