» » KXDR himoya uchun yadroviy qurol zarurligini ma’lum qildi

KXDR himoya uchun yadroviy qurol zarurligini ma’lum qildi


Shimoliy Koreya himoya uchun ham yadroviy qurolni saqlab turadi va rivojlantiradi. Bu haqda KXDR TIV Shimoliy Amerika departamenti rahbari Soy Son Xi Moskvada bo‘lib o‘tgan yadroviy qurolni tarqatmaslik bo‘yicha konferensiya chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.

“Biz uchun bu hayot-mamot masalasi. Joriy vaziyat hujumni qaytarish uchun yadroviy qurolga muhtojligimiz haqidagi ishonchimizni orttirmoqda”, — dedi Soy Son Xi.

Soy Son xonimning so‘zlariga qaraganda, Pxenyan yadroviy qurolni uchinchi qo‘llarga topshirish niyatida emas va qurolni tarqatmaslik g‘oyalariga sadoqat saqlaydi.

Soy Son Xi Shimoliy Koreya yadroviy quroli faqat AQShga qarshi yo‘naltirilganini, boshqa biror davlat nishon sifatida ko‘rilmasligini bildirib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют