» » Jahongir Siddiqov Ozbekiston xalq talimi vaziri orinbosari etib tayinlandi

Jahongir Siddiqov Ozbekiston xalq talimi vaziri orinbosari etib tayinlandi


19-oktabr kuni Ozbekiston xalq talimi vazirining yangi orinbosari tayinlandi. Vazirlik axborot xizmati xabariga kora, shu vaqtgacha Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshligi orinbosari lavozimida ishlab kelgan Jahongir Siddiqov xalq talimi vaziri orinbosari etib tayinlangan.

Jahongir Siddiqov 1978-yil Jizzax viloyati Gallaorol tumanida tugilgan. 1999-yil Toshkent Moliya institutini bakalavriatiturasini, 2001-yil shu institut magistraturasini, 2007-yilda Fransiya Milliy gaznachilik maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yili Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish bolimida 1-toifali iqtisodchi sifatida boshlab, keyingi 16 yil davomida faqat shu yerda ishlagan va boshqarma boshligi orinbosari darajasigacha kotarilgan.

17-oktabr kuni Dilshod Kenjayev xalq talimi vaziri orinbosari lavozimiga qaytarilgani malum bolgan edi. 19-oktabr kuni esa 2017-yil iyun oyidan beri vazirlik rahbarining birinchi orinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan Sobitxon Turgunov Ozbekiston maktabgacha talim vaziri orinbosari etib tayinlandi.

Dilshod Kenjayev va Jahongir Siddiqovdan tashqari Ozbekiston xalq talimi vaziri Ulugbek Inoyatovning yana bir orinbosari bor 2017-yil 3-iyul kuni 23 yoshli Alisher Sadullayev vazir orinbosari etib tayinlangan edi. U Ozbekiston hukumati tarkibidagi eng yosh amaldorlardan biridir.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (21-10-2017, 13:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -