» » Korporativ plastik kartadan hamma joyda foydalanish mumkin bo‘ladi

Korporativ plastik kartadan hamma joyda foydalanish mumkin bo‘ladi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Tovar bozorlarida raqobatni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Prezident qarorining loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi UzNews.

Hujjatda 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisobvaraq faktura berish asosidagi sotish va sotib olish shartnomalarini tuzmasdan korporativ bank kartochkasi orqali naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda milliy valyutadagi korporativ bank kartalari faqatgina to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha majburiyatlarni ko‘zda tutgan kelishuvga ega savdo va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar tomonidan qabul qilinadi. Mazkur kelishuv to‘lovlarni qabul qiluvchi subyekt va xizmat ko‘rsatuvchi banklar o‘rtasida imzolanadi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qiymati 5000 AQSh dollargacha bo‘lgan mahsulot, ish va xizmatlarni oldindan to‘lovlarsiz internet orqali eksport qilishi mumkin bo‘ladi. Bunda eksport shartnomasi bo‘lishi va bu haqda YaIDXPga ma’lumot kiritilishi talab qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют