» » Olimlar: Atrof-muhit ifloslanishi odamlarni urushlarga qaraganda 15 marotaba ko‘p o‘ldirmoqda

Olimlar: Atrof-muhit ifloslanishi odamlarni urushlarga qaraganda 15 marotaba ko‘p o‘ldirmoqda


Atrof-muhit ifloslanishi odamlarni urushlarga qaraganda 15 marotaba ko‘p o‘ldirmoqda. Lancet ilmiy jurnali komissiyasi olimlari shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yilda butun dunyoda atrof-muhit ifloslanishi keltirib chiqargan kasalliklar 9 million kishining umriga zomin bo‘ldi, bu esa barcha o‘limlarning 16 foiziga to‘g‘ri keladi. Olimlarga ko‘ra, mazkur raqam OITS, sil va bezgak kasalliklaridan o‘limdan birga jamlaganda ham 3 barobar, urushlar va zo‘ravonlikning boshqa shakllaridan 15 marotaba ko‘p.

Shuningdek, yomon ekologiya chekish, ochlik va tabiiy ofatlarga qaraganda ko‘proq odamlarni o‘ldiradi. Ayrim davlatlarda esa atrof-muhit iflosligi o‘limlarning chorak qismiga sabab bo‘lmoqda.

Tadqiqotchilar ekologiya holati bilan bog‘liq o‘limlarning, taxminan, 92 foizi daromadning past va o‘rta darajasiga ega mamlakatlarga to‘g‘ri kelishini aniqladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют