» » 2018-yilda Surxondaryo viloyatida Muzrabot tumanining 50 yilligi nishonlanadi

2018-yilda Surxondaryo viloyatida Muzrabot tumanining 50 yilligi nishonlanadi


2018-yilning 25-dekabrida Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani tashkil etilganiga 50 yil to‘ladi. Bu haqda 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada so‘zga chiqqan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tumanda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul rahbarlarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Hokim o‘z nutqida keyingi yilda nishonlanadigan Muzrabot tumanining 50 yillik yubileyini yorug‘ yuz va barcha jabhalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan holda kutib olish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani  1968-yilning 25-dekabrida tashkil topgan. Uning ma’muriy markazi Xalqobod shaharchasi hisoblanadi. Tumanda 37 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyat yuritadi.

Avvalroq, Muzrabot tumaniga Jovli Xolmurodov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют