» » Atrof-muhitning ifloslanishi kasallik va urushlardan ko‘ra ko‘proq odamlarning o‘limiga olib keladi

Atrof-muhitning ifloslanishi kasallik va urushlardan ko‘ra ko‘proq odamlarning o‘limiga olib keladi


Atrof-muhitning, shu jumladan, havo va suvning ifloslanishi urush, zo‘ravonlik, kasallik, ocharchilik yoki tabiiy ofatlardan ko‘ra ko‘proq odamlarning o‘limiga sababchi bo‘ladi. Bunday xulosaga AQShlik mutaxassislar keldi, deyiladi “Phys.org”ga joylangan press-relizda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2015-yilda bevaqt o‘limning har oltinchisi (taxminan 9 million kishi) zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Eng xavfli mintaqalar Afrika va Osiyo hisoblanadi, Hindiston esa eng ko‘p odamlar (2,5 millionga yaqin odam) havo va suv ifloslanishidan o‘lib ketadigan mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy joylashgan, u yerda 1,8 million kishi noqulay ekologik sharoit tufayli vafot etadi. Yetakchilar qatorida, shuningdek, Bangladesh, Pokiston, Shimoliy Koreya, Janubiy Sudan va Gaiti ham bor.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ifloslanishdan o‘lganlar soni chekish qurbonlari sonidan bir yarim marta, OITS, sil va bezgak tufayli vafot etganlar sonidan uch marta, urushlar va zo‘ravonliklar oqibatida o‘lganlar sonidan 15 marta ko‘pdir.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 10:45)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют