» » Qadimiy Axsikent xarobalari hududida arxeologik majmua yaratiladi

Qadimiy Axsikent xarobalari hududida arxeologik majmua yaratiladi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan qadimiy Axsikent shahri xarobalari o‘rnida arxeologik obyekt merosini qo‘riqlash va tadqiqot etish yodgorlik majmuasi tashkil etiladi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Majmua hududida Zahiriddin Muhammad Bobur haykali o‘rnatiladi, shuningdek, me’morchilik ansambli yaratilib, unda tarixiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Majmuamo yaratilishini, rekonstruksiyasini, ta’mirlash ishlarini Namangan viloyati hokimiyati huzuridagi maxsus jamg‘arma moliyalashtiradi. U majmua faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turadi.

Ishlar samarali olib borilishi maqsadida majmua direksiyasi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Axsikent — Farg‘ona viloyatidagi eng yirik arxeologik yodgorliklardan bo‘lib, turli tarixiy davrlarga oid uch shahar xarobalaridan iborat. Bu yerdagi ilk manzilgoh miloddan avvalgi III asrda shakllangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют