» » O‘zbekiston dorixonalarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan dorilar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston dorixonalarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan dorilar paydo bo‘ladi


Qozog‘istonning “Ximfarm” aksiyadorlik jamiyati 2017-yil dekabrida O‘zbekistonga birinchi partiya dori vositalarini eksport qiladi. Bu haqda, Qozog‘iston matbuotiga asoslanib, “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Kompaniya O‘zbekistonning farmatsevtika sanoati korxonalari birlashmasi — “O‘zfarmsanoat” AK bilan tegishli hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qozog‘iston vakillari ayni paytda O‘zbekiston bozorini o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Birinchi partiya tarkibida dastlab 10–12 nom ostidagi 500 ming upakovka ampula yuboriladi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston hududida farmatsevtik klaster yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Ximfarm” bugungi kunda o‘z mahsulotining 10 foizini eksport qiladi. Eksport davlatlari — Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Turkmaniston.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют