» » Yaponiyada o‘zga sayyoralik qirg‘izlar tajovuzi haqida film suratga olindi

Yaponiyada o‘zga sayyoralik qirg‘izlar tajovuzi haqida film suratga olindi


Yaponiyada Bravestorm filmi prokatga chiqmoqda. Film halokat yoqasiga kelib qolgan insoniyatning o‘zga sayyoralik “qirg‘iz” irqiga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi, deb xabar beradi Kloop nashri.

Bosh qahramonlar o‘tmishga qaytib, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun robot yasashi talab etiladi.

Film syujeti 2050-yilgi Tokioda bo‘lib o‘tadi. Insoniyat jangovar o‘zga sayyoraliklar — qirg‘izlar hujumi oqibatida deyarli qirilib bitgan.

Besh nafar bosh qahramon — aka-uka Kasugalar — o‘zga sayyoraliklarni butunlay yo‘q qilishga urinadi. Ular o‘zga sayyoraliklardan jangovar robotlar texnologiyalarini o‘g‘irlab, o‘sha texnologiyani yordamida 2015-yilga qaytgan holda robot yasashga qaror qiladi.

Film nihoyasida insoniyat va o‘zga sayyoraliklar o‘rtasida keng miqyosli jang ko‘rsatiladi, o‘zga sayyoralik qirg‘izlar robotlar yordamida Tokioni vayron qiladi.

Bravestorm 1970-yili suratga olingan “Kumush niqob” va “Super-robot Qizil Baron” seriallarining remeyki hisoblanadi. Ammo original kartinalarda qirg‘iz ismli o‘zga sayyoraliklar irqi tilga olinmaydi. Ijodkorlar nega bunaqa nom tanlagani noma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют