» » Ledi Gaganing mum haykali internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi

Ledi Gaganing mum haykali internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi


31 yoshli qo‘shiqchi Ledi Gaganing Perudagi Madam Tyusso muzeyiga joylashtirilgan mum haykali uning muxlislarini qo‘rqitib yubordi, deb yozadi “7mednews.ru”.

“Shoh asar”ni muzey tashrifchilaridan biri suratga olib, Twitter’ga joyladi. Foydalanuvchilar esa bu mum qo‘g‘irchoq muallifini tanqid ostiga oldi.

Aksariyat mum haykal Donatella Versache, Iggi Pop, hatto Garri Potter asaridagi elf Dobbiga o‘xshasa o‘xshabdiki, Ledi Gagaga zarracha ham o‘xshamagan, degan xulosaga keldi.

Haykal Ledi Gaganing 2010-yil MTV Video Awards marosimiga kelgan qiyofasini eslatishi kerak edi. O‘shanda xonanda go‘shtdan tikilgan libosda, go‘shtdan ishlangan sumkacha va go‘shtli “shlyapa”da namoyon bo‘lgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют