» » Gyote instituti rahbari Toshkentdagi kinoteatrlarda muntazam ravishda nemis kinolarini namoyish etib borishni taklif qildi

Gyote instituti rahbari Toshkentdagi kinoteatrlarda muntazam ravishda nemis kinolarini namoyish etib borishni taklif qildi


“O‘zbekkino” milliy agentligida Toshkentdagi Gyote instituti rahbari Gabriel Bekker bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi turli sohalarda, jumladan san’at va madaniyatda rivojlanib borayotgan ikki tomonlama aloqalar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ayniqsa, kinematografiya sohasida olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari tufayli bugun O‘zbekistonda muntazam ravishda nemis filmlari festivallari o‘tkazib kelinmoqda.

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov Gyote instituti va Germaniyaning Xemnits shahrida o‘tkaziladigan xalqaro kinofestival hamkorligida O‘zbekistonda tashkil etib kelinayotgan “Shum bola” bolalar va o‘smirlar filmlari kinofestivali haqida fikr bildirib, ushbu madaniy tadbirga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini e’tirof etdi.

Tomonlar kinofestivalni viloyatlar markazlarida ham o‘tkazish va Germaniyada o‘tadigan Xemnits kinofestivaliga esa o‘zbek filmlarini ham jalb qilish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, uchrashuvda poytaxt kinoteatrlaridan birida muntazam ravishda nemis filmlarini namoyish etib borish masalasi ham muhokama qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют