» » Yanvar–sentabr oylarida inflyatsiya 7,8 foizni tashkil qildi

Yanvar–sentabr oylarida inflyatsiya 7,8 foizni tashkil qildi


O‘zbekistonda 2017-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra inflyatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foiz punktiga yuqoriroqdir, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bu raqamlarni Markaziy bank Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib keltirdi. 2016-yili inflyatsiya darajasi 5,7 foizni tashkil qilgan edi.

Hisobot davrida iste’mol tovarlari narxining o‘rtacha o‘sish darajasi 7,6 foizga (2016-yil yanvar–sentabrida — minus 3,3 foiz), noiste’mol tovarlari narxining o‘sishi 8,6 foizga (+6,4 foiz), pullik xizmatlar narxining o‘sishi 7 foizga (+7 foiz) teng bo‘ldi.

Narx o‘sishiga, monetar omillar qatorida, an’anaviy mavsumiy o‘zgarishlar va taklif omillari ta’sir ko‘rsatdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют