» » Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi

Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi


Vazirlar Mahkamasi “Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi, deb yozadi UzDaily.

Hujatga muvofiq, O‘zbekiston IIV tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish xizmati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmalari matbuot guruhlari negizida matbuot xizmati tashkil etiladi.

Matbuot xizmati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuziladi. Ushbu boshqarma boshlig‘i lavozimiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi.

Matbuot xizmati tizimiga “O‘zbekiston Respubliki Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shchit” jurnallari birlashgan tahririyati kiradi.

Qarorda ta’kidlanishicha, IIV matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmog‘i materiallarini tun-u kun monitoring va tahlil qilishni ta’minlaydi, noto‘g‘ri xabar yoki ichki ishlar organlari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiradi.

2017-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan jinoyat va voqealarni o‘z vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlanadi, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar bo‘yicha vakolatli mas’ul xodimlarining efirga chiqishlari tashkil etiladi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют