» » Olimlar achchiq taomlarning foydali xususiyatlari borligini aniqladi

Olimlar achchiq taomlarning foydali xususiyatlari borligini aniqladi


Olimlar qalampir va boshqa achchiq garmdorilar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam berishini va sho‘r narsalarga bo‘lgan talabni kamaytirishini aniqladi, deb xabar berdi 7MedNews.

Xitoylik olim Chjimin Chjuning so‘zlariga ko‘ra, oz miqdordagi o‘tkir qalampir moddasi — kapsaitsin tuzning ta’mini oshiradi. Uning ta’siri odam qanchalik ko‘p tuz iste’mol qilishida sinab ko‘rilgan.

Bunga qadar achchiq yeguliklar foydasiz va hatto odam uchun zararli deya hisoblangan. Biroq so‘nggi yillarda tadqiqotchilar oldingi xulosalarni o‘rganib chiqib, achchiq yeguliklarning ham ko‘p foydasi borligini aniqladi.

Bir necha yil oldin biologlar achchiq ovqat odam organizminidagi yog‘ to‘qimalarini eritishga yordam berishini aniqlagan. Bu metabolizmning tezlashishi va odam organizmida yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, Chju o‘zining hamkasblari bilan achchiq yegulikning yana bir foydasini aniqladi. Ma’lum vaqt achchiq ovqat yeyishga rozi bo‘lgan 600 nafar ko‘ngilli orasida tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot yakunida olimlar ularning qon tomirlaridagi bosim kamayganini payqashgan. Bunga odamlar tuzni kamroq iste’mol qilgani sabab bo‘lgan.

Qalampir tuzning ta’mini oshirishiga sabab, odam miyasidagi sho‘r va achchiq ta’mlarni farqlovchi markazning yonma-yon joylashganidir.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 16:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют