» » KXDR yadroviy sinov chog‘ida odamlar halok bo‘lganini tasdiqlamadi

KXDR yadroviy sinov chog‘ida odamlar halok bo‘lganini tasdiqlamadi


Shimoliy Koreya rasmiylari o‘tkazilgan yadroviy sinovlar chog‘ida odamlar halok bo‘lgani borasidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Muqaddam Yaponiyaning “Asaxi–TV” telekanali shunday axborotni tarqatgan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Tegishli bayonot Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi.

Yaponiya telekanalida aytilishicha, KXDR shimoli-sharqidagi Pxungeri poligonidagi tunnelda yadroviy sinov tufayli yer o‘pirilgan va 200 kishi tuproq ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Yadroviy sinov 3-sentabr kuni o‘tkazilgan edi.

Shimoliy Koreyaga ko‘ra, bu axborot “dezinformatsiya”dir.

“Bu amerikalik va yaponiyalik reaksionerlar KXDR yadroviy shiddatining o‘sishini harbiy tahdid va yirtqich sanksiyalar yordamida to‘xtatolmagandan keyin mamlakatni siyosiy va axloqiy bo‘hton bilan qoralashga urinayotganini ko‘rsatadi”, — deyiladi bayonotda.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют