» » Qirg‘iziston bojxona bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilamasa, Qozog‘iston chegarada nazoratni kuchaytirishga va’da berdi

Qirg‘iziston bojxona bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilamasa, Qozog‘iston chegarada nazoratni kuchaytirishga va’da berdi


Agar Qirg‘iziston bojxona bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilamasa, Qozog‘iston chegarada nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda Qozog‘iston moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Gosman Amrin aytib o‘tdi, deb yozadi KNews.

“Qirg‘iziston kamchiliklarni bartaraf qilish taklifiga rasman javob bergani yo‘q. Agar tegishli javob kelib tushmasa, Qozog‘iston chegarada bojxona nazoratini kuchaytirishda davom etmoqchi. Qirg‘iziston tomoni talablarga rozi ekanligini ma’lum qildi, ammo bizga rasmiy javob kelib tushmadi. Biz hamon kutyapmiz. Barcha zarur axborotni ularga yubordik. Bizda tegishli kelishuvlar bor, endi ularni rasman mustahkamlashimiz kerak”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 10-oktabrdan Qirg‘iziston chegara xizmati kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tgani sababli Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida transport va yo‘lovchilarning tirbandligi yuzaga kelishni boshlagan edi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют