» » O‘zbekistonda “KamAZ” yuk mashinalari yig‘iladi

O‘zbekistonda “KamAZ” yuk mashinalari yig‘iladi


Rossiyaning “KamAZ” OAJ hamda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi 2-noyabr kuni O‘zbekistonda yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Hujjatga O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirokida “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi Umidjon Salimov va “KamAZ” bosh direktori Sergey Kogogin imzo chekdi.

“KamAZ” markasidagi yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarish UzAuto Trailer zavodi quvvatida tashkillashtiriladi. Bundan tashqari, istiqbolda — respublika hududida avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratiladi.

Dekabr oyining oxiriga qadar “KamAZ” avtomobillarini yig‘ish uchun dastlabki 100 ta yig‘ish uskunlar to‘plamini yetkazib berish rejalashtirilgan.

Mashinalar O‘zbekiston ichki bozorida sotiladi va eksport bozorlariga qo‘shma distribyutor-tashkilotlar hamda uning dilerlik tarmog‘i orqali yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, hamkorlik kelishuvi doirasida O‘zbekistondan “KamAZ” korxonalariga ehtiyot qismlar va maxsus kuzovlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 21) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют