» » Olmaliqda o‘z uyida yiqilib, hushidan ketgan homilador ayol qutqarildi

Olmaliqda o‘z uyida yiqilib, hushidan ketgan homilador ayol qutqarildi


Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga shu shaharda yashovchi erkakdan murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Murojaatga ko‘ra, erkakning homilador bo‘lgan turmush o‘rtog‘i uy ichida qolib, bir necha soat davomida eshikni ochmagan va telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermagan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan. Maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida uyning eshigini ochib ichkariga kirilganda, murojaatchining ayoli xonadon ichida behush holda ekanligi aniqlangan.

“Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi xonadon ichida yiqilib, hushidan ketgan va chap qo‘lining tirsak qismi chiqqan. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va fuqaro zudlik bilan shifoxonaga jo‘natildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют