» » Bishkekda Qirg‘iziston sobiq bosh prokurorining ukasi o‘ldirildi

Bishkekda Qirg‘iziston sobiq bosh prokurorining ukasi o‘ldirildi


Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanovaning ukasi Ulan Salyanov Bishkekda qurolli hujum natijasida halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks” sobiq bosh prokurorning advokati Ulan Jumakovga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kechasi soat 3 larda niqob taqqan noma’lum shaxslar parlament deputati Aida Salyanovaning ukasi yashaydigan uyga qurolli hujum uyushtirgan. Olgan jarohatlari natijasida 1975-yilda tug‘ilgan Ulan Salyanov vafot etgan.

Noma’lum shaxslar marhumning o‘g‘li Abayni o‘g‘irlab ketib, noma’lum tomonga olib qochgan. Keyinroq advokat aniqlik kiritishicha, Abayni topishgan, u sog‘-omon bo‘lgan.

Salyanova Qirg‘iziston adliya vaziri lavozimini egallagan vaqtlarda o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, 10-oktabr kuni sud qilingan edi. U mol-mulkini musodara qilish sharti bilan besh yilga qamaldi. Ammo u voyaga yetmagan qizini tarbiyalayotgani uchun, bola 14 yoshgacha to‘lgunicha, sud hukmining ijrosi kechiktirildi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют