» » Aytilgan pulni bermasang, videoni tarqatib, sharmanda qilamiz. Surxondaryoda maishatparast erkaklarni begona yotoqda tutib olish bilan pul ishlagan tovlamachilar qolga olindi

Aytilgan pulni bermasang, videoni tarqatib, sharmanda qilamiz. Surxondaryoda maishatparast erkaklarni begona yotoqda tutib olish bilan pul ishlagan tovlamachilar qolga olindi


Surxondaryoning Jarqorgon tumanida tovlamachilik bilan shugullangan 18 kishidan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ozbekiston IIV matbuot xizmati xabariga kora, jinoiy guruh faoliyati ikki kishi tomonidan boshqarilgan, ular bu ishga voyaga yetmagan farzandini ham jalb etgan.

Tovlamachilar jinoiy guruhga azo qizlar yordamida erkak mijozlarni massaj, dam olish, maishat qilish bahonasida, oz xohishi yoki aldov yoli bilan belgilangan xonadonga olib kelgan. Mijoz yotoqxonaga kirib, yechina boshlashi bilan, xonaga jinoiy guruh azolari kirib kelgan va hodisani uyali telefon vositasida tasvirga tushira boshlagan.

Jinoiy guruh azolari qolga tushgan erkaklarni mahallasida, oilasida, ish joyida sharmanda qilish, videoyozuvni internetga chiqarib yuborish bilan qorqitib, ulardan katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yoli bilan olgan.

Xabar berishlaricha, guruh azolari mahalla raisi, posbon, tergovchi, tasvirchi, haydovchi va boshqa vazifalarni ozaro taqsimlab olgan va ularning har biri oz rolini puxta, ishonarli oynagan.

IIV axborotida guruh azolarining bunday xatti-harakatlari natijasida necha kishi jabrlangani, ularga qancha moddiy zarar yetkazilgani haqida batafsil malumot berilmagan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qozgatilgani, jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov va surishtiruv olib borilayotgani malum qilindi.

: admin (7-11-2017, 19:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -