» » “O‘zfarmsanoat” tugatildi. Uning o‘rniga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

“O‘zfarmsanoat” tugatildi. Uning o‘rniga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi


“O‘zfarmsanoat” konserni tugatilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-noyabr kuni imzolangan farmonda belgilab qo‘yilgan.

Agentlikka farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqish va amalga oshirish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.

Shu bilan birga, Agentlik dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korxonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti xalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti agentlik tasarrufiga o‘tkazilgan.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют