» » Toshkentda moldovalik olti sigan qo‘lga olindi. Ular arzon oshxona buyumlarini qimmatga sotish bilan shug‘ullangan

Toshkentda moldovalik olti sigan qo‘lga olindi. Ular arzon oshxona buyumlarini qimmatga sotish bilan shug‘ullangan


Toshkentda oshxona anjomlarini shahardagi bozor va do‘konlardan sotib olib, so‘ng ularni aldov yo‘li bilan aholiga qimmat narxda sotish bilan shug‘ulangan moldovalik siganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahrida 5-noyabr kuni militsiya xodimlari tomonidan sigan millatiga mansub ikki nafar Moldova fuqarosi — 1991 yilda tug‘ilgan Aleksandr Pleshko va 1987-yilda tug‘ilgan Aleksandr Chebotar qo‘lga olingan.

6-noyabr kuni esa sigan millatiga mansub to‘rt moldovalik qo‘lga olingan. IIBB axborotiga ko‘ra, bular — 1991-yilda tug‘ilgan Matfey Nenita, 1995-yilda tug‘ilgan Yerimey Kira, 1992-yilda tug‘ilgan Nikita Radukan va 1973-yilda tug‘ilgan Mixail Nenita.

Ular ko‘p qavatli uylar atrofida, bozor va supermarketlarda xaridorlarga: “Yevropada ishlab chiqarilgan”, deb aldab, aslida “Abu Saxiy” bozoridan arzonga olingan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va boshqa shu kabi buyumlarni qimmatga sotish bilan shug‘ullangan.

Qayd etishlaricha, Pleshko va Chebotar shu vaqtgacha Toshkent viloyatidagi mehmonxonada, Kira, Radukan va Nenitalar Toshkent shahridagi mehmonxonada vaqtincha yashab kelgan.

Ularning aynan qayerda yashagani, qachon O‘zbekistonga kelgani va endi ularga qanday chora ko‘rilishi haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...