» » Venesueladagi inflyatsiya 800 foizdan oshdi

Venesueladagi inflyatsiya 800 foizdan oshdi


O‘tkir sotsial-iqtisodiy inqiroz girdobida qolgan Venesuelada narxlar keskin oshishda davom etmoqda. Oktabrda inflyatsiya 45,5 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Mamlakat parlamenti deputati Anxel Alvaradoning Twitter orqali ma’lum qilishicha, inflyatsiyaning umumiy darajasi 800 foizdan oshgan.

“2017-yil oktabr holatiga ko‘ra to‘plangan inflyatsiya 825 foizni tashkil etdi. Oktabrda inflyatsiya 45,5 foizni tashkil qildi, bu mamlakatimiz tarixidagi eng yuqori daraja, bu giperinflyatsiya boshlanganidan dalolat”, — deb yozdi siyosatchi sahifasida.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2018-yili mamlakatda inflyatsiya 2300 foizdan oshishini kutmoqda.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют