» » Shavkat Mirziyoyev “O‘ztransgaz” va “O‘zbekenergo” faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev “O‘ztransgaz” va “O‘zbekenergo” faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zdavenergonazorat” va “O‘zdavneftgazinspeksiya” inspeksiyalari hadma “O‘ztransgaz” va “O‘zbekenergo” kompaniyalari faoliyatini qoniqarsiz deb topdi.

Bu haqda Prezident tomonidan 8-noyabr kuni imzolangan “ Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi. Qaror matni va sharhi O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Qarorning kirish qismida qayd etilishicha, “iste’molchilar toifasini inobatga olgan holda yetkazib berilayotgan energiya resurslari qiymatini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashishning mavjud emasligi ulardan nooqilona foydalanishga olib kelmoqda”.

Ayni vaqtda, “bino va inshootlarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalarni qo‘llashga yetarli e’tiborning mavjud emasligi ham energiya resurslarining ortiqcha sarf qilinishiga olib kelmoqda”.

Shu munosabat bilan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab yetkazib berilayotgan elektr energiya qiymatini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashishdan foydalanilishi, 2022-yil 1-yanvardan esa davlat organlari va tashkilotlari markazlashtirilgan issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yilishi nazarda tutilmoqda.

Qayd etishlaricha, bugungi kunda 35 ta biogaz ishlab chiqaruvchilar, 10 ta quyosh elektr energiyasi yetkazib beruvchilar va mikrogidroelektr stansiyalardan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning imkoniyatlari to‘liq ochib berilmagan.

Shu munosabat bilan, Prezident qarorida muqobil energiya manbalarini joriy etish yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini samarali rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslarni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan 300 dan ortiq shaharsozlik normalari va qoidalari bugungi kun talablariga javob bermaydi.

Shuni inobatga olib, qarorda shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash borasida “Energiya tejash milliy kompaniyasi” bilan kelishilishi nazarda tutilmoqda.

“Davlat rahbarining mazkur qarori, shubhasiz, O‘zbekistonda zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha faoliyatni jadallashtirishga xizmat qiladi, energiya resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi”, — deb yozadi O‘zA.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют