» » O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va YTTB o‘rtasida zayom kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va YTTB o‘rtasida zayom kelishuvi imzolandi


O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (TIF MB) 2017-yilning 8-noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan kichik biznes va savdoni qo‘llab-quvvatlashga doir 100 million AQSh dollarlik zayom kelishuvini imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati haqida xabar berdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish dasturi 70 million AQSh dollarini, YTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi doirasidagi limit esa 30 million dollarni tashkil qiladi.

O‘zbekiston milliy banki boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov TIF MB va YTTB o‘rtasidagi kelishuvning imzolanishi o‘zaro hamkorlik va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi. U YTTBni O‘zbekistonda ko‘rishdan xursand ekanini bildirib, YTTB salohiyatining mustahkamlanishi respublika iqtisodiyoti uchun ajoyib aktiv bo‘lishini ta’kidladi.

YTTBning birinchi vitse-prezidenti Fil Bennett bu borada shunday deydi: “Biz sarmoya kirituvchi mamlakatlarda birga ishlovchi hamkor-banklar oilasida TIF MBni ko‘rganimizdan shodmiz. Ishonchim komilki, bizning kredit liniyalarimiz va moliyaviy ‘nou-xau’larimiz o‘zbekistonlik xususiy mikro, kichik va o‘rta korxonalarga mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida kuchli, barqaror va faol faoliyat yuritishga yordam beradi. Yangi mablag‘larga ega bo‘lish ularga o‘z salohiyatini amalga oshirishda ko‘mak berishiga umid qilamiz”.

YTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi TIF MBga import va eksport operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga, bank xizmat tizimini rivojlantirishga va savdoni moliyalashtirish uchun mahsulotlar assortimentini mustahkamlashga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (9-11-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют