» » Bekobodda talonchi ayol 3-sinf o‘quvchisining qulog‘idagi tilla ziraklarni yechib ketdi

Bekobodda talonchi ayol 3-sinf o‘quvchisining qulog‘idagi tilla ziraklarni yechib ketdi


Bekobodda sakkiz yoshli qiz talonchilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.

Xabarnomada aytilishicha, Bekobod tuman IIBga uy bekasi, 1982-yilda tug‘ilgan Mohira Boltaboyeva ariza bilan murojaat qilib, 1-noyabr kuni noma’lum shaxs qizi, 3-sinf o‘quvchisi, 2009-yilda tug‘ilgan Dilnura Boltaboyevani qulog‘idagi tilla ziraklarini yechib qochganini ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni uy bekasi, 1993-yilda tug‘ilgan Dildora Bo‘riyeva sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Holat yuzasidan JKning 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют