» » Namanganda Uztex Uchkurgan qo‘shma korxonasi ish boshladi

Namanganda Uztex Uchkurgan qo‘shma korxonasi ish boshladi


Uchqo‘rg‘on tumanida Uztex Uchkurgan qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Korxona Uztex Uchkurgan va Uchkurgan textile zavodlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u zamonaviy usulda paxta va aralash toladan kalava ip, qatlangan ip, momiq mato va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Salkam 16 gektar maydonni egallagan ushbu majmua qurilishi, yangi zamonaviy texnologiya va jihozlar sotib olishga qariyb 120 million dollar yo‘naltirildi.

Majmua yiliga 16,5 ming tonna kalava ip hamda 7 ming tonna momiq mato ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu yerda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Eng asosiysi, korxonaning yillik eksport salohiyati 50 million dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 15:29)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют