» » “Hizbulloh” harakati IShID rahbari al-Bag‘dodiy qayerga yashiringan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

“Hizbulloh” harakati IShID rahbari al-Bag‘dodiy qayerga yashiringan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi


IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriyaning kuni kecha ozod etilgan Abu Kamol shahri tumanlaridan birida yashirinayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda, shialarning “Hizbulloh” harakati harbiy-axborot markaziga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Markaz al-Bag‘dodiy yashiringan joy haqida boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi al-Bag‘dodiy 28-may kuni Raqqa yaqinidagi hududlarga berilgan aviazarbalar oqibatida yo‘q qilingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Keyinroq IShID jangarilari o‘z yetakchisining halok bo‘lganini tasdiqlagan edi, biroq Pentagon al-Bag‘dodiy hali tirik ekani haqida bayonot bergan edi.

Haqiqiy ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy bo‘lgan al-Bag‘dodiy omma oldida ilk bor 2014-yil iyulida, IShID bosib olgan Mosuldagi masjidda “islom xalifaligi”ni e’lon qilganida ko‘rinish bergan edi.

Shundan so‘ng OAVda uning yo‘q qilingani haqida bir necha bor xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu axborot hech qachon to‘la tasdiqlanmagan.

Abu-Kamol shahri IShID terrorchilarining Suriyadagi tayanchi bo‘lib turgan edi. Shahar 9-yanvar kuni Suriya hukumat qo‘shinlari tomonidan ozod etildi.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 71) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют