» » Nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev AQShdagi ilk jangida Markes Xoutornni qulatishi uchun 2 ta raund kifoya qildi

Nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev AQShdagi ilk jangida Markes Xoutornni qulatishi uchun 2 ta raund kifoya qildi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev Amerikada ham o‘z an’anasini davom ettirib, raqibini muddatidan avval taslim qildi.

Professional ringda bungacha 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida qarshisidagi raqibini nokaut qilgan Ergashev, dunyo boks markazida ham bu yurishini davom ettira oldi. Uning Amerikadagi ilk raqibi Markes Xoutorn bo‘ldi.

Xoutornga qarshi jangning 1-raundida o‘zbekistonlik sportchi katta ustunlikka ega bo‘ldi. 2-raundning dastlabki 10 soniyasi esa nokaut uchun kifoya qildi. Ergashevning birinchi yaxshi zarbasidan keyinroq amerikalik bokschi yiqilib tushdi, biroq ochilgan vaqtdan keyin, o‘ziga kelib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shohjahon ikkinchi aniq zarbasi bilan masalani hal qildi: 11 ta jang va 11 ta nokaut.

Markes Xoutorn professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, shularning 5 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergandi. Bu uning uchun 8-mag‘lubiyat bo‘lib tarixga kirdi.

“Olamsport” nashrining xabar berishicha, Shohjahon Ergashev Ropqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning ustozi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rustam Majidovdir.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют