» » Shveysariyada ikkita noyob olmos 48 mln dollarga sotildi

Shveysariyada ikkita noyob olmos 48 mln dollarga sotildi


Shveysariyaning Jeneva shahridagi Christie's auksion uyida ikkita noyob olmos 48,2 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Shunday qilib, og‘irligi 163 qirot bo‘lgan olmos 33,5 million Shveysariya frankiga sotildi. Auksion katalogida  mazkur zargarlik buyumining taxminiy narxi hatto ko‘rsatilmagan edi.

18 ta kichik hajmdagi olmos va nok shakliga ega 66 ta zumraddan iborat taqinchoqqa qo‘yilgan zumrad qirrali 163 qirotli olmos auksionga qo‘yilgan eng yirik qimmatbaho tosh hisoblanadi.

Taqinchoq GRISOGONO zargarlik uyi tomonidan bir nusxada yaratilgan. Olmos 2016-yilda Angoladan topilgan 404 qirotli olmosdan o‘yib olingan edi. Uning tashqi tomoniga ishlov berish uchun 11 oy vaqt talab etildi, bu jarayon ustida esa o‘n nafar ekspert-zargarlar mehnat qildi.

Auksiondagi ikkinchi noyob 19 qirotli Le Grand Mazarin pushti olmosi 14,3 million frank (14,5 million dollar) evaziga sotildi.

Bu toshning tarixi XVII asrga borib taqaladi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют