» » Robert Mugabening rafiqasi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatdan qochdi

Robert Mugabening rafiqasi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatdan qochdi


Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys Mugabe hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tganidan so‘ng mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, Greys Mugabe Namibiyaga yo‘l olgan.

Avvalroq harbiy xizmatchilar guruhi Xararedagi Zimbabve davlat teleradiokompaniyasi binosini o‘z nazorati ostiga olgani xabar berilgan edi. Qurollangan askarlar shahar markazini ham egallab oldi, u yerda portlashlar ovozlari eshitildi. Otishmalar tovushlari mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabening qarorgohi yaqinidan ham eshitilgan.

Ammo bir muddatdan so‘ng Zimbabve harbiylari davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

ANA agentligiga ko‘ra, Robert Mugabe harbiylar bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbaga ko‘ra, u rafiqasi mamlakatdan chiqib ketishiga ruxsat berilgan taqdirda iste’foga chiqishga rozi bo‘ladi. Bu axborot hozircha tasdiqlanmadi.

O‘z navbatida, JAR prezidenti Jeykob Zuma Mugabe uy qamog‘ida saqlanayotganini aytib o‘tdi.

BMT Zimbabvedagi vaziyatni kuzatayotganini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют