» » O‘zbekistonda 1000 dan ortiq mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi

O‘zbekistonda 1000 dan ortiq mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yig‘ilishda parlament va hukumat a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari mas’ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. Videoselektorda joylardan mahalliy hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari qatnashdi.

Joriy yilning 10 oyi mobaynida umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz, shundan talonchilik 16, bosqinchilik 19, qotillik 21, tovlamachilik 22, bezorilik 34 foizga kamayishiga erishildi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlari 16 foiz, yoshlar o‘rtasida 14, voyaga yetmaganlar o‘rtasida 17 foizga kamaydi. Aholi va jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik va muloqot o‘rnatilgani natijasida 1243 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish natijasida 22370 oilaning notinchligiga barham berildi, 11345 yosh oila ajrashib ketishdan saqlab qolindi, mahalla posbonlarining tezkor xabarlari yordamida 4494 jinoyat fosh etildi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng tatbiq qilinmoqda. Jumladan, Toshkentda “xavfsiz shahar”, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida “xavfsiz turizm”, Parkent tumanida “xavfsiz dam olish” konseptual loyihalari joriy etilmoqda.

Mamlakatda savdo-sotiq, madaniy hordiq chiqarish va boshqa jamoat joylari, ta’lim muassasalarida jami 177 mingdan ortiq videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi natijasida ko‘plab og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni fosh etishga erishildi.

Namangan shahrining Orzu mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanish natijasida viloyatning 160 ta, Xorazmda “Jamoatchilik nazorat maskanlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi evaziga 198 ta mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirishga erishildi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют