» » OAV: Mugabe iste’foga chiqishdan bosh tortdi

OAV: Mugabe iste’foga chiqishdan bosh tortdi


Isyonchi harbiylar tomonidan hibsga olingan Zimbabve prezidenti Robert Mugabe prezidentlik muddatini oxiriga yetkazish niyatida va iste’foga chiqishga rozi bo‘lmayapti. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Agentlik manbalaridan biri Mugabe bilan birga hibsda o‘tirgan kishi bilan gaplashganini aytmoqda. Unga ko‘ra, harbiylar va prezident o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

“Mugabe tarafdorlari u prezidentlik muddatining oxirigacha ishlab berishi lozimligini ta’kidlamoqda”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.

Yana bir oliy martabali siyosatchi harbiylar va Mugabe o‘rtasida rohib Fidelis Mukonori vositachilik qilayotganini aytdi. Ammo u ham hozircha muzokaralarda biror natijaga erisha olmagan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют