» » 2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga 800 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda

2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga 800 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjatga berilgan sharhda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar soni keskin ortib bormoqda. Yildan yilga o‘sish o‘rtacha 10 foizni tashkil etib, xususan, 2016-yilda 663 ming, 2017-yilda 729 mingdan ziyod abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan. Tahlillarga ko‘ra, 2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga 810 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda.

Abituriyentlar sonining keskin o‘sishi auditoriya nazoratchilari soni va test materiallari hajmi ortib borishi hamda test sinovlarini o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qator muammolarni yuzaga keltirdi. Jumladan, auditoriya nazoratchilarining test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmalarga ega emasligi hamda ularning javobgarlik darajalari aniq belgilanmagani, test sinovlari uchun tanlangan bino va auditoriyalarning jihozlanishi mavjud talablarga javob bermasligi, binolarning oliy ta’lim muassasalari bosh shtabidan uzoq masofada va tarqoq joylashgani, binolarning shaxsni aniqlovchi foto va video qurilmalari, test sinovlarida foydalanishi man etilgan vositalarni aniqlovchi zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlanmaganligi, auditoriyalarda videokuzatuv kameralarining mavjud emasligi test sinovlarini o‘tkazish jarayonining shaffofligini ta’minlash va uni nazorat qilish sifatining tushib ketishiga olib keldi.

Qaror bilan test sinovlarini xavfsiz o‘tkazish hamda test sinovlari jarayonida uchraydigan salbiy holatlarning oldini olish, test sinovlari jarayonini onlayn yoritish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar, monitorlar va yig‘ma pavilyonlarni respublikada amalga oshirilayotgan “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida xarid qilinishi va uni Ichki ishlar vazirligi tizimiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlash vazifasi belgilandi.

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi hamda Adliya vazirliklariga bir oy muddatda test sinovlarini o‘tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini yanada oshirish va  javobgarligini belgilash bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif berish vazifasi topshirildi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 11:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют