» » Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Segeli tumanida qurilgan yangi uy-joylarni borib ko‘rdi, deb xabar beradi O‘zA.

13 gektar maydonda 66 ko‘p qavatli uy-joy qad rostladi. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 630 o‘rinli o‘rta ta’lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya bo‘linmasi, pochta va kitob do‘koni, dam olish maskanlari, poliklinika, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mavzeda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

“Bu uylarni birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, aholi manfatlarini o‘ylab bunyod etmoqdamiz. Shunday ekan, binolarni zamon talablariga mos qilib qurish kerak. Bundan tashqari, uylarni saqlash, to‘g‘ri foydalanish ham burchimizdir. Bu borada shu yerda yashovchilarning mas’uliyatini oshirish, ularda uz uyi uchun javobgarlik hissini kuchaytirish lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yangi qurilgan xonadonlarda bo‘ldi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, uy sohiblari bilan dildan suhbatlashdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovg‘alar taqdim qildi.

Yangi uy sohiblari Prezident bilan suhbatda yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini izhor etdi.

“Bu yerga ko‘chib kelayotganlarni ish bilan ta’minlash masalasi ham dolzarbdir. Kelajakda quriladigan korxona va ishlab chiqarish obyektlari bu uylarga yaqin joyda bo‘lishi muhim”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют