» » 2017-yilda AQSh vizasini so‘ragan o‘zbekistonliklarning yarmi rad javobini oldi

2017-yilda AQSh vizasini so‘ragan o‘zbekistonliklarning yarmi rad javobini oldi


Joriy yilda AQSh hukumati o‘zbekistonliklar tomonidan sayyohlik va ish tashriflari uchun zarur bo‘lgan “B” toifasidagi viza uchun qilingan so‘rovlarning 50,29 foiziga rad javobini berdi. Bu haqda ”Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamentining ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2016-yilda rad javobi so‘rovlarning 57,09 foiziga berilgan edi. Joriy yilda rad javoblari yetti foizga kamaygan. 2007-yilda esa AQShning Toshkentdagi konsulligidan viza so‘ragan o‘n kishining yettitasi rad javobini olgan edi.

Qozog‘iston fuqarolari uchun AQSh hukumati tomonidan 2017-yilda berilgan rad javoblari miqdori 32,81 foizni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 11,61 foizni, Belarusda 21,69 foizni va Ozarbayjonda 27,63 foizni tashkil qilgan.

Qirg‘iziston va Gruziyada AQSh vizasini so‘raganlarning mos ravishda 55,58 va 61,09 foiziga rad javobi berilgan.

Ma’lumot uchun, AQShga sayohat qilmoqchi bo‘lganlar konsullik xodimlari bilan bo‘ladigan suhbat chog‘ida sayohatdan so‘ng o‘z mamlakatiga qaytib kelishini isbotlay olmasa, ularga viza uchun rad javobi beriladi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют