» » Isroil politsiyasi bosh vazir Binyamin Netanyaxuni so‘roq qildi

Isroil politsiyasi bosh vazir Binyamin Netanyaxuni so‘roq qildi


Isroil politsiyasi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning qimmatbaho sovg‘alar olgani yuzasidan tergov ishi doirasida uni so‘roq qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Netanyaxu prodyuser Arnon Milchanga barcha bosqichlarni chetlab o‘tib, AQShga uzoq muddatli viza olishda ko‘maklashganlikda va evaziga qimmatbaho sovg‘alar, xususan, sigaret, shampan vinosi va boshqa zeb-ziynat buyumlarini olganlikda gumonlanmoqda.

Isroil bosh vaziri Milchanning qimmatbaho sovg‘alar berganini rad etmadi. Uning aytishacha, prodyuser qimmatbaho sovg‘alarni qandaydir xizmatlari uchun emas, balki “eski qadrdoniga” berganini ma’lum qilgan.

Ayblovlarni tergov qilish Isroil politsiyasining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bilan shug‘ullanadigan bo‘linmasiga topshirilgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют