» » Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi

Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi


Atrof-muhitning ifloslanishi odam immun tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ammo qon guruhlari turlicha bo‘lgan odamlarda yomon ekologiya oqibatlari har xil aks etishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi 7MedNews.

Amerikalik olimlar aniqlashicha, havoning ifloslik darajasi juda yuqori bo‘lib ketganida, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhidagi odamlarda infarkt kelib chiqishi xavfi yuzaga keladi. Birinchi qon guruhiga taalluqli odamlarda yurak xuruji ehtimoli avvalgi darajada saqlanib qoladi.

Ilmiy ish doirasida ekspertlar 14 yil davomida odamlar guruhini kuzatib bordi. Atmosfera ifloslanishi yuqori darajalarga yetganida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhidagi odamlarda yurak xuruji ehtimoli ikki marta oshishi aniqlandi. Birinchi guruhdagi odamlarda esa bu xavf 40 foizga oshgan, xolos.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют